05 sen 16:35
Yangiliklar
G'ulom Abdullaev – Jahon chempionatining bronza medal sovrindori
Bu haqida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 55 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Takumi Tashirodan 10:8 hisobida ustun keldi.
Abdullaev nimchorak final uchrashuvida armanistonlik Mxitar Grigoryanni 11:4 mag'lub etdi. CHorak finalda ozarbayjonlik Afgan Xashalovga 6:9 hisobida yutqazdi. Xashalov finalga chiqqanligi sababli kurashchimiz o'tish hamda bronza medali uchun kechgan uchrashuvlarda gilamga chiqdi. O'tish yuahsida hindistonlik Kumar Ravini 12:7 hisobida engdi.
55 kg. 1 – Afgan Xashalov (Ozarbayjon), 2 – Xasanxuseyn Badrudinov (Rossiya), 3 – G'ulom Abdullaev (O'zbekiston), 3 – Daton Fiks (AQSH).
Yana bir hamyurtimiz Majid Murodov esa 84 kg toifasidagi bahslarda beshinchi o'rin bilan kifoyalandi. SHu tariqa, sport kurashi vakillari Makondagi jahon chempionatida 2ta medalni qo'lga kiritishdi. Musobaqaning birinchi kuni yunon-rum kurashchimiz Ilhom Bahromov 50 kg vaznda kumush medal bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar