19 apr 17:16
Yangiliklar
Sport kurashlari
G'ulomjon Abdullaev Parij-2024 Olimpiadasiga boradi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo qitasi sportchilari uchun Parij-2024 Olimpiadasiga licenziya beruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
Erkin kurashchimiz Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini taqdim etuvchi 1/2 final bellashuvida hindistonlik Aman Amanni muddatidan avval, tushe bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. Xorazm o'g'loni uch yil avval Tokiodagi olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etgan edi.
Birozdan so'ng Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham Parij-2024 licenziyasi uchun gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar