So’nggi yangiliklar

09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0

18 iyu 14:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskovga yagona mag'lubiyatini taqdim etgan O'zdemir 16 oyga diskvalifikaciya qilindi

Teglar :  Volkan Ozdemir UFC
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Volkan O'zdemir bir yilu to'rt oyga chetlatildi.

Asli kelib chiqishi turkiyalik, hozirda SHveycariya sharafini himoya qilayotgan Volkan tashkilotning dopingga qarshi siyosatini buzgani uchun o'n olti oyga diskvalifikaciya qilindi.

36 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'zining chetlatilishi haqida ijtimoiy tarmoqda gapirib, eritropoetin gormonini istemol qilganini tan oldi.

"Men to'pig'imdagi operaciyadan keyin tiklandim. SHifokor meni bu preparat xavfsiz ekanligi va doping nazoratida aniqlanmasligiga ishontirdi. O'sha kuni kechqurun birinchi inekciyani qildim. Bu mening qarorim va hayotimdagi eng katta xatom edi. Men masuliyatni to'liq o'z zimmamga olaman. Har bir sportchi o'z organizmiga nima tushayotganiga javob beradi. Men o'z sportimga, muxlislarimga va o'zimga pand berdim", - deb yozdi O'zdemir ijtimoiy tarmoqda.

Volkanning so'zlariga ko'ra, fevral oyida topshirilgan doping testi ijobiy natija berganidan so'ng, u darhol qoidabuzarlikni tan olgan va UFC va antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik qila boshlagan. SHu boisdan ham diskvalifikaciya muddati 16 oyga qisqartirilgan.

Eritropoetin buyraklar tomonidan ishlab chiqariladi va qizil qon tanachalari hosil bo'lishini rag'batlantiradi, sportda esa eng mashhur doping preparatlaridan biri hisoblanadi, chunki u qonning kislorodni tashish qobiliyatini oshiradi, shunga mos ravishda chidamlilikni yaxshilaydi va tiklanishni tezlashtiradi.

Malumot uchun, Volkan O'zdemir so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Qatarda bo'lib o'tgan UFC turnirida o'tkazgan va birinchi raunddayoq Alonso Menifildni nokautga uchratgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing