10 jan 08:30
Yangiliklar
Guskovning jamoadoshi Valter Uokerga raqib berildi
Hamyurtimiz Bogdan Guskovning "GOR MMA"dagi jamoadoshi bizning vaqt bilan 29 mart kuni tong saharda AQSHning Sietll shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga chiqadi. 28 yoshli Valterning raqibi polshalik 40 yashar Marchin Tibura bo'ladi.
Malumot uchun, Uoker (15-1) hozirda UFC’ning og'ir vazn toifasi reytingida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va bir xil usul - tovonni burash orqali muddatidan oldin erishilgan to'rtta g'alabadan iborat noyob seriyada ketmoqda.
Tibura (27-10) esa sentyabr oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Ante Deliyaga birinchi raunddayoq nokaut bilan yutqazdi. Bungacha u ketma-ket ikki g'alabaga erishgandi. Hozirda u reytingda o'ninchi o'rinni band etgan.

Fikrlar