So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

14 avg 11:11
Yangiliklar

Taekvondo

Haftaning eng muhim sport musobaqasi yakunlandi

Teglar :  Taekvondo
Toshkentda yana bir yirik turnir o'z yakuniga etdi.

Nufuzli musobaqada o'ttizdan ziyod davlatdan olti yuzdan ortiq kuchli taekvondo ustalari sovrinli o'rinlar bilan birga 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi reyting ochkolari uchun bahslashdi. Vakillarimiz jamoa hisobida g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Ilk bor tashkil etilgan Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti kubogi uchun Osiyo mintaqasi bahslarining uchinchi kunida kattalar dayanga chiqishdi.

Nankinda o'tgan o'smirlar olimpiadasi va "Islom birdamlik o'yinlari"ning kumush medali sohibi Umida Abdullaeva (-62 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. -54 kg da terma jamoamiz sharafini himoya qilgan, yarim finalda Bahrom Abdullaevni mag'lub etib (u bronza medali sohibi bo'lgan), finalga yo'l olgan Valentin Xegay hal qiluvchi uchrashuvda eronlik raqibi Ibrohim Safariga imkoniyatni boy berib, kumush bilan chegaralandi. -58 kg dayanga chiqqan Niyoz Po'latov yarim finalda Tae-Xun Kim (Janubiy Koreya)ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchradi – 3-o'rin. -63 kg vaznli Kamronbek Yaxshiboev ham oltin uchun kurashda eronlik raqibi Sorush Ahmadi oldida ojiz qoldi.

Quyida natijalar bilan tanishing:

Ayollar

-62 kg

1-o'rin  So-Xe Kim (Janubiy Koreya)

2-o'rin  Zahro SHojai Rad (Eron)

3-o'rin  Umida Abdullaeva (O'zbekiston)

3-o'rin  Gulim Bibalaeva (Qozog'iston)

Erkaklar

-54 kg

1-o'rin  Ibrohim Safari (Eron)

2-o'rin  Valentin Xegay (O'zbekiston)

3-o'rin  Bahrom Abdullaev (O'zbekiston)

3-o'rin  Mahdi Eshagi (Eron)

-58 kg

1-o'rin  Tae-Xun Kim (Janubiy Koreya)

2-o'rin  Stanislav Denisov (Rossiya)

3-o'rin  Niyoz Po'latov (O'zbekiston)

3-o'rin  Hamidrizo Hadyan (Eron)

-63 kg

1-o'rin  Sorush Ahmadi (Eron)

2-o'rin  Kamronbek Yaxshiboev (O'zbekiston)

3-o'rin  Bolat Izutdinov (Rossiya)

3-o'rin  Xinxin Xong (Xitoy)

-68 kg

1-o'rin  Seok-Bae Kim (Janubiy Koreya)

2-o'rin  Muhammad Vohidi (Eron)

3-o'rin  Aleksey Denisenko (Rossiya)

3-o'rin  Alirizo Aliyori (Eron)

-74 kg

1-o'rin  Mahdi Jaloliy (Eron)

2-o'rin  CHeng-Xao CHang (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin  Ashraf Mahbubi (Marokash)

3-o'rin  Nurqanot Xojaaxmet (Qozog'iston)

Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi azolari 26ta oltin, 22ta kumush va 48ta bronza medalini qo'lga kiritib, 1-o'rinni egallagan bo'lsa, qozog'istonlik sportchilar 5ta oltin, 17 ta kumush va 29 ta bronza bilan ikkinchi, janubiy koreyalik taekvondo ustalari 10ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medali jamg'arib, uchinchi o'rin sohibi bo'ldilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing