28 sen 12:02
Yangiliklar

"Hakam Ankalaev bilan biringchi jangda Pereyraga yordam berdi" - UFC sobiq chempioni
"Pereyra oyoqqa yaxshi zarbalar berdi, birinchi raundda Ankalaevning oyog'ida ko'kargan joylar paydo bo'lgan edi. Aleks oyoqlari bilan yaxshi ishladi, ahir bejizga u yuqori darajali kikbokschi bo'lmagan. Ikkinchi raundda esa Pereyra hujum qilish borasida ikkinlanib qoldi va natijada zarba o'tkazib yubordi, nokautga yaqin holatga tushdi.
Pereyra odatdagidan ko'ra ko'proq ikkilandi, raqibi teykdaun qilishidan qo'rqdi. Aleks juda ehtiyotkor bo'ldi, chunki Ankalaev bilan birinchi janggacha unga jiddiy greppling xavfi soladigan raqib to'g'ri kelmagan edi.
Ankalaev Alekcni qafasga bosganda hakam ularni ajratdi — bu referi xatosi edi. Pereyra Magomedni ustidan tashlashi uchun ko'p energiya sarflashi kerak edi. Ankalaev shu yo'l bilan Pereyrani charchatib, keyin xavfli zarba berishni maqsad qilgandi. Lekin hakam bu borada Aleksga yordam berdi!" — dedi Jonson.
Fikrlar