So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

22 sen 09:10
Yangiliklar

Dzyudo

Hakamlar attestaciyadan o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  DzyudoHakamlar
O'zbekiston dzyudo federaciyasida hakamlar uchun mo'ljallangan attestaciya, yani imtihonlarning birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va 10 ta viloyatdan jami 29 (25 erkak, 4 ayol) nafar hakam ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ularning bari poytaxtda jam bo'lishdi. Faqat Namangan va Farg'ona viloyatini hisobga olmaganda, barcha hududlardan ushbu attestaciyaga hakamlar etib kelishdi. 

Kecha o'tkazilgan attestaciyaning birinchi bosqichida hakamlar xalqaro qoidalar hamda musobaqalarda ishlatiladigan yapon terminologiyasi bo'yicha imtihon topshirishdi. Kunning ikkinchi yarmida tatamida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Har bir hakam bilet tanlash orqali yapon tilidagi usullarni amaliy tarzda ko'rsatib berishdi. 

Attestaciyada qatnashgan 29 hakamdan 22 nafari imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi, ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi. Endi ular O'zbekiston chempionatida hakamlik qilishadi. Aynan mamlakat chempionati attestaciyaning ikkinchi bosqich vazifasini o'tab beradi. Unda hakamlarning bevosita tatamidagi ishiga baho beriladi. 

O'zbekiston chempionati yakunida 15 nafar hakam saralab olinadi. Bu referilar barcha yosh toifasidagi mamlakat birinchiliklarida hakamlik qilish huquqini qo'lga kiritadilar. Federaciya hakamlar orasidan eng istedodlilarini IJF akademiyasidagi o'qishga tayyorlab boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing