So’nggi yangiliklar

13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0

16 avg 19:53
Yangiliklar

Futbol

Hakamlikdagi inqiroz va echim: bizga “tiyib turish” mexanizmi kerak!

Teglar :  Referi
Dunyo futbolida va har qanday sohada adolat hamda shaffoflikni taminlashning birinchi qoidasi - o'zaro tiyib turish mexanizmi (checks and balances).

U bo'lmagan joyda rivojlanish ham, ishonch ham bo'lmaydi.

O'zbekiston Superligasida deyarli har turda hakamlik bilan bog'liq mojorolar avj olmoqda. Muxlislar, jurnalistlar va blogerlar etiroz bildirishdan charchashmadi. Lekin javob deyarli bir xil: O'zbekiston Futbol Hakamlari Markazi (O'ZFHM) ko'p hollarda o'z hakamining qarorini oqlab beradi. Xalqimizda "Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi" degan maqol bor. Aslida bu faqat bizda emas — butun dunyoda hakamlik tashkilotlari instinktiv ravishda o'z xodimlarini himoya qilishga intiladi.

Farq shundaki, rivojlangan futbol mamlakatlarida bu tizimni tiyib turadigan MUSTAQIL mexanizmlar bor.


Dunyo tajribasi: Angliyadagi KMI Panel nima?

Masalan, Angliya Premer-ligasida Mustaqil Hakamlik Paneli (Independent KMI Panel) faoliyat yuritadi. Bu panel PGMOLga (hakamlar korpusiga) bo'ysunmaydi va uning tarkibi 5 kishidan iborat:

3 nafar sobiq futbolchi yoki murabbiy (futbol mantig'ini tushunadigan xolis shaxslar);

1 nafar Premer-liga vakili;

1 nafar PGMOL vakili.

Har bir turdan so'ng ushbu panel hakamlar va VAR’ning munozarali qarorlarini xolis baholaydi va xatolarni rasman tan oladi. Eng muhimi — sobiq futbolchilar ko'pchilikni tashkil etgani uchun qarorlar faqat qog'ozdagi qoidalarga emas, futbol ruhiga ham mos baholanadi.


Superliga uchun taklif: Bizda buni qanday yo'lga qo'yish mumkin?

Biz "Amerika ochishimiz" shart emas — futbolda sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan metodlarni tatbiq etish kifoya.

PFL huzurida Mustaqil Baholash Guruhi:

O'ZFHMga bo'ysunmaydigan, faqat UzPFLga bo'ysunuvchi mustaqil guruh tuzilishi kerak. Tarkibga sobiq futbolchilar, mutaxassislar va Liga vakillari kirsin. Bu guruh hakamlar xatti-harakatini xolis baholab, xulosalarni Mamur Saidqosimovga (O'zFHM rahbari)ga taqdim etsin. Keyingi o'yinlarga hakamlar tayinlovi aynan ushbu reyting va baholar asosida amalga oshirilsin.

VAR va bosh hakam muloqotini ommaga oshkor qilish:

Ispaniya, Italiya, Angliya, Turkiya va Braziliya ligalarida bo'lgani kabi VAR audiosuhbatlari taqdim etilishi shart. Gohida muxlislar nazarida xato tuyulgan qaror aslida qoida bo'yicha to'g'ri bo'ladi. Muloqotning elon qilinishi hakamlarni shubhadan xalos etadi, shaffoflikni oshiradi.

Maxsus media-loyihalar:

Italiyadagi "Open VAR", Angliyadagi "Match Officials Mic'd Up" va "Ref Watch" kabi rasmiy ko'rsatuvlar bizga ham kerak. Televidenie va media orqali bahsli epizodlar, hakamlar suhbati va qoidalar tahlil qilib berilsa, futbol jamoatchiligida savollar qolmaydi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun katta mablag' yoki o'ta murakkab texnika talab etilmaydi — shunchaki xohish va iroda kerak.

Agar maqsadimiz chindan ham ochiqlik, adolat va o'zbek futbolini rivojlantirish bo'lsa, bizdan 50 yil oldinga o'tib ketgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish va tiyib turish mexanizmini zudlik bilan yo'lga qo'yishimiz shart!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing