So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

20 apr 10:44
Yangiliklar

Gimnastika

"Happy Caravan - 2017" turniri yakunlandi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri yakunlandi.


O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Gimnastika federaciyasi, Xalqaro gimnastika federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston, Armaniston, Belarus, Isroil, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Estoniya, Qozog'iston va Qirg'iziston kabi davlatlardan yuzga yaqin gimnastikachi g'oliblik uchun bahs olib bordi. 

Xalqaro turnir murosasiz bahslarga boy o'tdi. Musobaqalarda yakkaliklar va guruhlar o'rtasida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo'yicha bahslar o'tkazildi. Gimnastikachi qizlarning halqa, to'p, bulava va tasma bilan mashq bajarishi, ijro mahorati, musiqa va ritmni his etishi, chaqqon va nafis harakatlari muxlislarga zavq bag'ishladi. 

Jamoaviy ko'pkurash bahslarida O'zbekiston terma jamoasi azolari Diyora Burhonxo'jaeva halqada 15,05 ball, Taxmina Ikromova to'pda 15,15 ball, bulavada 14,35 ball, Sevinch Turdieva tasmada 14,15 ball to'pladi. SHu tariqa 58,7 ball to'plagan terma jamoamiz shohsupaning uchinchi pog'onasini egalladi. 

– Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha o'tkazilgan mazkur nufuzli musobaqaga katta tayyorgarlik ko'rilgani yaqqol sezilib turibdi, – deydi isroillik gimnastikachi SHai Rubiy Ben. –Ishtirokchilarning nafaqat o'z iqtidorini namoyish etishi, balki madaniy hordiq chiqarishi uchun ham barcha sharoit yaratilgan. Xizmat ko'rsatish yuksak darajada tashkil etilgan. O'zbekistonda badiiy gimnastika bilan shug'ullanayotgan qizlar safi ko'pligi bizni hayratlantirdi. Bu sportni rivojlantirishga davlat tomonidan qaratilayotgan ulkan etiborning yaqqol ifodasidir. 

Javohir Toshxo'jaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing