So’nggi yangiliklar

20:28Анкалаев Костага "ответ" қилди: "Келаси ҳафтаёқ жанг қилишимиз мумкин" 0 20:05Пауло Коста: "Анкалаев чемпионлик жангидан кўра UFC`дан ҳайдалишга яқинроқ" 0 19:37Белграддаги UFC турнири оғир вазн тоифасидаги жангдан маҳрум бўлди 0 19:08Германия футбол иттифоқи вице-президенти: "Бу чегарадан чиқиш" 0 18:42Леброн Жеймс энди расман "Филадельфия" шарафини ҳимоя қилади 0 18:06Ўзбекистонда кейинги UFC жангчилари кимлар бўлиши мумкин? Жасур Алижонов жавоб берди 0 17:37Миразизбек Мирзахалилов, Ҳавасбек Асадуллаев ва яна бир боксчимиз Россияда жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:13Инфантино ФИФАга аъзо давлатларга 40 млн. доллардан "пора" таклиф қилди 0 16:44Жонгкуч Мач NBA тарихидаги энг бўйдор ўйинчига айланиши мумкин 0 16:11Хоакин Бакли UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 15:45"Дивизионда жиддий муаммо бўла олади". Даниэль Кормье Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 15:19"Реал" Родри учун 50 миллион евродан ортиқ тўлашга тайёр 0 14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0

14 iyu 15:04
Yangiliklar

Dzyudo

Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilindi

Teglar :  Jahon chempionati
Xabar berganimizdek, shu yil 14-20 oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo'yicha Harbiylar o'rtasidagi 42-Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Xalqaro sport kengashininig (CISM) dzyudo bo'yicha sport komissiyasi prezidenti general Farshad Najafipur hamda uning yordamchisi Hamid Rizo Muhammad harbiylar o'rtasida bo'lib o'tadigan XXXXII Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar O'zbekiston dzyudo federaciyasida tashkil etilgan brifingda qatnashishdi. Uchrashuv chog'ida Mudofaa vaziri o'rinbosari polkovnik Alisher Norboev, O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, rais o'rinbosari Zafar Qahramonov mamlakatimizda jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bo'yicha atroflicha malumot berishdi. 

O'z navbatida eronlik mehmonlar O'zbekistonda dzyudoga davlat miqyosida qaratilayotgan etibor tufayli o'zbek sportchilari dunyo arenalarida olamshumul yutuqlarni qo'lga kiritayotganini takidlagan holda bu zaminda o'tkaziladigan har qanday xalqaro musobaqa yuksak darajada tashkillashtirilishiga ishonch bildirishdi.

SHundan so'ng mehmonlar Jahon chempionati ishtirokchilari yashaydigan mehmonxona, mashg'ulot arenasi hamda dzyudo federaciyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. General Farshad Najafipur tatamida dzyudo sir-asrorlarini o'rganayotgan yoshlar harakatlarini kuzatdi. 

Kelajakda ular orasidan Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyozova kabi nomdor sportchilar etshib chiqishiga tilak bildirib, esdalik uchun suratga tushdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing