18 okt 19:52
Yangiliklar

Hasanboy, Miraziz, Iqboljon, Bobousmon va o'zbek boksining boshqa yulduzlari O'zbekiston chempionatida qatnashadi + VIDEO
O'z navbatida, O'zbekiston boks federaciyasi ham ketma-ket bir necha musobaqalarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Unga ko'ra, yaqin orada Respublika miqyosidagi musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan:
21-27 oktyabr: o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati
31 oktyabr - 7 noyabr: kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati (erkaklar va ayollar)
11-15 noyabr: qizlar va o'smir qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqalar ichida kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati katta qiziqishga sabab bo'lishi aniq. CHunki ushbu musobaqada Hasanboy Do'smatov, Mirazizbek Mirzahalilov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Baturov va boshqa yulduz bokschilarimiz ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqalar Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida tashkil etiladi.
Fikrlar