25 apr 20:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Havasbek Asadullaev 19-0 rekordli raqibini mag'lubiyatga uchratdi
Bugun Rossiyaning Ufa shahrida navbatdagi IBA Pro oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu boks kechasida hamyurtimiz Havasbek Asadullaev ham ringga ko'tarildi. U mazkur jang oqshomi doirasida rossiyalik tajribali Alan Hugaevga (19-0) ga qarshi ringga ko'tarildi. To'liq davom etgan bahsda Havasbek raqibini ochkolar evaziga mag'lub etdi. Ushbu jang mobaynida Havasbek Asadullaevga terma jamoamiz murabbiyi Akmal Hasanov hamrohlik qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar