22 apr 07:35
Yangiliklar

Havasbek Asadullaev prof boksdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi. Raqib - tajribali rus bokschisi
Etiborlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Havasbek Asadullaev ham ringga ko'tariladi.
Andijonda tug'ilgan 25 yoshli Havasbekka o'sha kuni Rossiya vakili Alan Xugaev raqib bo'ladi. Bu haqda Havasbekning o'zi saytimiz muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
Bellashuv yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Ushbu bahs Asadullaev uchun professional boksdagi to'rtinchi jang bo'ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g'alaba qozongan (2 KO). Hamyurtimiz prof karerasidagi so'nggi jangini 2022 yil iyun oyida Tursunboy Abdulhakimovga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongandi.
26 yashar Alan Xugaev hisobida esa 19 ta g'alaba mavjud. U g'alabalarining 9 tasini muddatidan ilgani qo'lga kiritgan.
Fikrlar