10 avg 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Havasbek Asadullaev professional boksda yana bir g'alabasini nishonladi
Kecha Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing prof boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustasi Havasbek Asadullaev rossiyalik Vadim Lubsanovga qarshi bahs olib bordi.
8 raund etib belgilangan bellashuv to'liq davom etdi. Yakunda 25 yashar Asadullaev hakamlarning yakdil qarori bilan o'z g'alabasini nishonladi.
SHunday qilib, Havasbek prof faoliyatidagi 4-jangida 4-g'alabasiga ega chiqdi. 28 yoshli Vadim Lubsanov hisobida esa endi 11 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar