11 noy 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Hech qachon bunday yomon ahvolda ko'rinmagandim". Vitaliy Klichko Lennoks Lyuis bilan jangini esladi
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko o'zining Lennoks Lyuisga qarshi o'tkazgan jangini esladi.
"Hech qachon Lennoks Lyuis bilan jangimdan keyingi holatimdek yomon ahvolda ko'rinmagandim. Reakciyam kuchli edi. Men qo'llarimni hujum qilish uchun tushirardim, himoyalanish uchun emas. Qo'llar menga zarba o'tkazib yubormaslik imkonini berardi. Boksda men biror marta nokdaunga ham, nokautga ham uchramagandim. Ammo, Lennoks Lyuis bilan jangda men o'zimni juda yomon tomondan ko'rsatgandim.
O'sha payt o'zimning holatimni ko'rmagandim va jang to'xtatilishiga qarshi bo'lgandim. Keyin esa jangni takroran ko'rgandim va "onajon" deb yuborgandim. Yana kamera aynan qon ketayotgan joyni yaqindan suratga olgandi. SHunda, rostdan ham etim junjikib ketgandi", - deydi Vitaliy Klichko.
Havola :
Manba : "В гостях у Гордона"
Fikrlar