21 jan 20:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Hikmatillo Abdullaev murosasiz kechgan bahsda gruziyalik raqibiga yutqazib qo'ydi
Hikmatillo Abdullaev Octagon 39 musobaqasi doirasida oktagonga ko'tarildi.
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida joylashgan "Baluan-SHolak" arenasida Octagon 39 musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina musobaqaning asosiy kardidan o'rin olgan yana bir jang yakunlandi. Unda hamyurtimiz Hikmatillo Abdullaev (9-1-2) gruziyalik Otari Tanzilovga (8-0) qarshi oktagonga ko'tarildi. Murosasiz o'tgan to'qnashuv to'liq 3 raund davom etdi va unda gruziyalik Otari Tanzilovi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar