12 jan 12:25
Yangiliklar
Hikmatillo Abdullaev Octagon 39 musobaqasida gruziyalik jangchiga qarshi oktagonga ko'tariladi
Eng engil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Xikmatillo Abdullaevning (9-1-2) navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Abdullaev 21 yanvar kuni Olma-Ota shahrida (Qozog'iston) tashkil etilayotgan Octagon 39 musobaqasi doirasida gruziyalik Otari Tanzilov (8-0)ga qarshi jang qiladi.
Abdullaev so'nggi bor 2022 yil 24 mart kuni tashkil etilgan Octagon 29 musobaqasi doirasida tojikistonlik Nodir Alidodov (4-4)ga qarshi jang qilib, hakamlar qarori bilan g'olib bo'lgan edi. Otari Tanzilov esa ohirgi jangini 2022 yil 17 sentyabrda Abu-Dabi (BAA)da tashkil etilgan UAE Warriors 33 musobaqasi doirasida braziliyalik Eduardo Dinisga (9-5) qarshi o'tkazib, texnik nokaut bilan g'alaba qozongan.
Fikrlar