23 iyu 17:12
Yangiliklar
Tennis
Hind tennischisi Tampereda bosh sovringa ega chiqdi
Finlyandiyaning Tampere shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini hindistonlik Sumit Nagalga nasib etdi. ATP reytingida 231-pog'onada borayotgan Nagal hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 193-raketkasi chexiyalik Dalibor Svrchinni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/5.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 43 daqiqa davom etgan bahsda Nagal ham, Svrchina ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Sumit 5, Dalibor 3 ta breyk qayd etgan.
Hindistonlik tennischi faoliyatidagi to'rtinchi, mavsumdagi ikkinchi "CHellenjer" turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Finlyandiyadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 75 reyting ochkosi hamda 9,880 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar