So’nggi yangiliklar

14:42Даниэль Дюбуа осиёлик боксчи билан жанг қилмоқчи, рақиб ҳам рози! 0 14:21"Насаф" Сербия жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 14:00Перейра рақиб номини айтиш учун "покришка" усулидан фойдаланди 0 13:39RIZIN чемпиони Илҳом Назимовга танлов учун уч рақиб берилди + ФОТО 0 13:18Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионатида 10 нафар хорижлик ҳакам ишлаяпти + ФОТО 0 12:57Гвардиола Гехининг транфери бўйича берилган саволга жавоб берди 0 12:47Sofascore. Шомуродов энг яхшилардан бири, Файзуллаев эса... 0 12:36Australian Open 2026. Полина Кудерметова ғалаба билан бошлади 0 12:05Майкл Зерафа умрбод дисквалификация қилиниши мумкин 0 11:44RAF Лигаси яна бир Олимпиада чемпиони билан шартнома имзолади 0 11:23Нури Шаҳин кечаги учрашувдан сўнг Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 11:02Хамзат Чимаев фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 10:41IBF чемпиони Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing лигаси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 10:20Бугун Дўсматов, Мадраҳимов, Зокиров ва бошқа боксчиларимиз рингга кўтарилади (Жуфтликлар) 0 09:59Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди 0

14 okt 18:34
Yangiliklar

Dzyudo

Hokim yana ikki Osiyo o'yinlari chempioniga ikki xonali uy sovg'a qildi

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan XIX yozgi Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan Muzaffarbek To'raboev va Muhsin Hisomiddinov o'zi tug'ilib o'sgan Surxondaryoda munosib taqdirlandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov chempionlikni qo'lga kiritgan bokschi Bahodir Jalolov, kurashchi Muhsin Hisomiddinov va dzyudochi Muzaffarbek To'raboevlarga zarbop to'n kiydirib, tadbirkorlar sovg'a qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi.

Sportchilarimizning ota-onalari va yaqinlari so'zga chiqib, Prezidentimizning yosh avlod kamoloti va sportga qaratayotgan etibori, ularning Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etishga yaratayotgan sharoitlar uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirdi. 

Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritgan sportchilarimizga hukumatning kafolatlangan 10 000 $ mukofot puli ham topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing