07 may 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"Hozir barcha men bilan jang qilishni istaydi" - Vasiliy Lomachenko
Uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hozirgi holati haqida gapirdi.
"Men dunyoni titratishni istagan odam edim. Mutlaq chempion bo'lishga juda yaqin kelgandim. Ammo buni uddalay olmadim, chunki enigl vazn toifasida mag'lub bo'ldim. Mendan orzumni, maqsadimni tortib olishdi. Men bunday notada yakunlashni istamagandim.
O'z vaqtida xech kim men bilan jang qilishni istamagandi. Hozir esa barcha buni istamoqda, chunki men qarib qoldim. Ammo haligacha xavfliman, menda haliyam tezlik, kuch va kondiciya bor. SHunchaki o'z maksimumimni ko'rsatmoqchiman", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko 12 may kuni Avstraliyada vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun Jorj-Kambososga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : Top Rank Boxing
Fikrlar