So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

11 mar 14:46
Yangiliklar

Qishki sport turlari

"Humo" arenasi shu hafta ochiladi, tadbirga Dima Bilan va boshqa yulduzlar tashrif buyurishi kutilmoqda

Teglar :  Humo
Yana bir necha kundan so'ng, aniqrog'i, 15 mart kuni poytaxtimizda o'zbek sporti tarixida yangi solnoma ochiladi.

2 yil davomida qurilgan muhtasham “Humo” arenasining ochilishi aynan ushbu kunga belgilangan, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati. Bugun mazkur tadbir oldidan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston xokkey federaciyasi, O'zbekiston elektron OAV milliy asociaciyasi, "Humo arena"si qurilishi direkciyasi rahbariyati va sport jamoatchiligining boshqa vakillari ham ishtirok etishdi. 

Anjumanda MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Jasur Matchanov qatnashib, yurtboshimiz tashabbuslari bilan qurilayotgan mazkur arenaning foydalanishga topshirilishi sportning ommaviylashuvida naqadar katta o'rin tutishini alohida takidlab o'tdi.

"Xumo arena”si bir so'z bilan aytganda universal sport inshooti bo'ladi. Unda nafaqat xokkey balki, qishki sport turlaridan short-trek, figurali uchish, kyorling, konkida yugurish muz qoplama olib tashlansa, gandbol, basketbol, voleybol, dzyudo, og'ir atletika, mini-futbol va shu kabi juda ko'plab sport musobaqalarini qabul qilishimiz mumkin. Yaqin yillar ichida sport federaciyalari va associaciyalari bilan hamkorlikda majmuada Olimpiya o'yinlariga kiritilgan shunday sport turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarini qabul qilishni rejalashtirganmiz”, – deydi Jasur Matchanov.

SHuningdek, mutasaddilar anjuman davomida jurnalistlar va tadbirga yig'ilganlarning savollariga javob berishdi. Tabiiyki, ko'pchilikni qiziqtirgan savol ochilish marosimining qanday scenariy asosida o'tkazilishi bo'ldi.

“Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o'zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g'oya sanat va sportni birgalikda uyg'unlashtirib berishdir. SHuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o'tmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo'yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, koncert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi”, – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

“Humo arena»si asosiy va kichik maydonlarga ega bo'lib, katta musobaqalar uchun mo'ljallangan qismi 12 500 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing