26 may 12:19
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov 1/4 finalda to'xtatildi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Avstriyada tennis bo'yicha ITF tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Turnirda ishtirok etayotgan birinchi raketkamiz Humoyun Sultonov 1/4 final bahsida argentinalik Aleks Barrenaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda afsuski, Sultonov raqibiga 6/7, 6/3, 2/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.
Malumot uchun, Sultonov ATR reytingida 427, Barrena esa 500-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz ushbu musobaqada 4, argentinalik tennischi esa 7-raqam ostida saralangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar