05 avg 15:58
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Qozog'istondagi turnir yarim finalida kortga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi bo'lmish Humoyun Sultonov Qozog'istonning Ostona shahrida davom etayotgan M25 turniri yarim finalida kortga chiqdi.
Hamyurtimiz bu bosqichga qadar rossiyalik Aleksey Mokrov, yaponiyalik Seyta Vatanabe va yana bir rus — Egor Gerosimovdan (810) ustun kelgan edi. Bugungi yarim final bahsida esa hamyurtimizga ATP reytingida 623-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Renta Tokuda raqiblik qildi. Bahs 3 set davom etdi va unda afsuski, Tokuda 4:6, 6:1, 7:5 hisoblarida g'alabani o'z tomoniga ilib ketdi.
Eslatib o'tamiz, Humoyun Sultonov o'tgan haftada Qozog'istondagi "CHellenjer" turniri vice-chempionligini qo'lga kiritgan edi. Tennischimiz ayni damda ATP reytingida 446-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar