07 okt 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

IBA rahbari Umar Kremlyov boshqalarni ham rossiyalik sportchilarni musobaqalarda qatnashishga ruxsat berishga chorladi
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov barcha xalqaro sport federaciyalarini IBAʼdan o'rnak olishga chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kuni IBA Rossiya va Belarus bokschilariga bayroq va madhiya bilan xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat bergan edi.
"Men barcha xalqaro tashkilotlarni bu qarorni qabul qilishga chaqiraman, sababi bu to'g'ri yo'l. Bizning rahbar sifatidagi vazifamiz sportchilarimizni himoya qilish, tinchlikparvar bo'lish va barchani tinchlikka chaqirishdir. Sport dunyoga yaxshilik olib kelish uchun yaratilgan. Barchani qarorlarimizga qo'shilishga chaqiraman", — deya Kremlyovning so'zlarini keltirgan TASS.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar