So’nggi yangiliklar

12:02"Агар у ютқазса, фаолиятини якунлайди" - Сехудо Адесанья ҳақида 0 11:39Хабиб нима учун аёлларнинг MMA’да иштирок этишини қўллаб-қувватламаслигини тушунтирди 0 11:17Сўнгги икки йилдаги UFC турнирида пуллик трансляциялар сотувлари статистикаси маълум бўлди 0 10:52"Ман Сити" юлдузи яқин ойларда жамоани тарк этишга тайёр — Football Insider 0 10:28Собиқ UFC маликаси Лиана Жожуа Karate Combat турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 10:05Бугун Тошкентда самбо бўйича ёшлар ўртасида Ўзбекистон чемпионати бошланади 0 09:43UFC Seatle: Адесанья рақиби билан бир хил тош босди (тарози натижалари) 0 09:20Фабио Каннаваро: "Бу ғалабага хурсанд бўлиб қолмаслигим керак. Жаҳон чемпионати умуман бошқа даражада бўлади" 0 08:30Алекс Перейра UFC'нинг энг кўп даромад олувчи жангчисига айланди 0 20:57FIFA Series. Ўзбекистон Габонни мағлубиятга учратди 0 18:45МЮ италиялик хавбекни қўлга киритмоқчи 0 18:20Одилхон Тошкентда жанг қилади. Рақиб эълон қилинди (ВИДЕО) 0 17:56Георгий Агзамов халқаро хотира турнири якунланди 0 17:30Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси озодликдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинди 0 17:04Абдуқодир Ҳусанов Габон билан баҳсда майдонга туша олмайди. Сабаби маълум 0

25 iyu 14:53
Yangiliklar

Boks/MMA

IBA yana Olimpiadaning licenzion turnirlarini tashkil etishdan chetlatildi

Teglar :  Parij-2024IBA
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ijroiya qo'mitasi Xalqaro boks associaciyasi (IBA) ni Parij Olimpiadasi uchun kvalifikacion turnirlarni o'tkazishdan mahrum etdi.

Bunga sabab sifatida yaqinda tashkilot prezidentligi uchun o'tkazilgan saylovlarda yo'l qo'yilgan harakatlar ko'rsatilgan. 

May oyida ahloq qo'mitasi IBA prezidentligi uchun saylovda Umar Kremlyovning yagona raqobatchisi bo'lgan gollandiyalik Boris van der Vorstni jarayondan chetlatgandi. Keyinroq esa u chetlatish yuzasidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilgan va uning arizasi qanoatlantirilgandi.

Bunga javoban, IBA saylovlarni qayta tashkil etishga tayyorligini malum qilgan. 18 iyun kuni esa Parij Olimpiadasi uchun licenzion turnirlarni tashkil etish uchun nomzodlarni tanlash jarayoni boshlangandi. Biroq, XOQ IBAni tashkilot shafeligida o'tadigan licenzion turnirlardan chetlatdi. 

"Parijdagi Olimpiya o'yinlarida boks musobaqalari IBA shafeligida o'tkazilmaydi, huddi saralash bahslari kabi. Boks sporti va boks oilasi manfaatlari yo'lida biz bahslarni IBA nazorati ostida o'tkazmaslikka qaror qildik. Biz boks bo'yicha licenzion musobaqalar qay tarzda o'tkazilishi bo'yicha hali bir qarorga kelmadik, lekin bahslar aniq IBA bilan birga o'tkazilmaydi", - dedi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi sport direktori Kit Makkonnell. 

Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi va uning saralash bahslari ham XOQ nazorati ostida tashkil etilgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
25 iyu 15:07:28
SHaxrihon
Максад узини одамини куйишда. Олимпиада рахбарлигига бошкалар келмагунча вазият узгармайди. Спорт сиесатга аралашиб кетди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing