21 avg 16:28
Yangiliklar
Dzyudo, SHaxmat
IBSA Jahon o'yinlari: SHaxmatchilarimiz o'z yurishini boshlashdi, navbatda para dzyudochilarimiz
Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz sportchilar o'rtasida IBSA jahon o'yinlari start oldi.
Musobaqani para shaxmatchilar boshlab berishdi. “Aql gimnastikasi” deya etirof etiladigan shaxmat musobaqalarida dunyoning turli davlatlaridan 20 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishmoqda.
Birinchi turda hamyurtimiz Ahadxon Kimsanboev ruminiyalik raqibi Bursuk Mixaiga qarshi dona surdi va g'alaba qozondi. Yana bir hamyurtimiz Rayhona SHarofova tajribaliroq bo'lgan CHexiya vakili Polmar Josefga qarshi oq donalarda harakat qildi va durang natijaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, shaxmat musobaqalari 7 turdan iborat bo'ladi. Para dzyudochilarimiz esa musobaqa oldidan so'nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda.
Havola :
Fikrlar