13 avg 11:17
Yangiliklar
Ien Gerri: "Maxachev bilan qafasga kirganimda, nima uchun buyuk jangchi ekanimni isbotlayman"
"Mening so'nggi besh raqibim va Maxachevning raqiblariga qarasangiz, qaysi biri kuchliroq bo'lgani haqida bahs qilishning o'ziga hojat yo'q. Men Bilol Muhammad, SHavkat Rahmonov, Karlos Prates va Maykl Peyjga qarshi jang qildim. Hatto shu to'rt nafarning o'zi ham dunyodagi eng qiyin va xavfli raqiblar qatoriga kiradi.
Maxachev esa Jek Della Maddalena, Renato Moykano, Dastin Pore va Aleks Volkanovskiga qarshi jang qildi. Dastin va Aleks afsona hisoblanadi, ammo ular men sanagan jangchilar kabi xavfli emas. Mening raqiblarim bo'y jihatidan ham, jismonan ham kattaroq edi.
SHavkat 18 ta muddatidan oldingi g'alaba seriyasi bilan kelgan edi, Prates esa ketma-ket 11 ta nokautli g'alabaga ega edi. Men eng kuchli raqiblarga qarshi jang qildim. Maxachev bilan qafasga kirganimda, nima uchun buyuk jangchi ekanimni isbotlayman", — dedi Gerri.
Fikrlar