28 iyu 16:24
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek Niginadan so'ng Liuni ham mag'lub etdi
Polsha poytaxti Varshava shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi turnirda 1/4 final juftliklari malum bo'ldi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek o'z vatanidagi turnir bosh sovrini uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Polshalik tennischi ikkinchi davrada WTA reytingida 78-pog'onadan joy olgan amerikalik Kler Liuni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Svyontek yarim final chiptasi uchun chexiyalik Linda Noskovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar