10 iyu 07:48
Yangiliklar
IJF mutasaddilari Ishchi guruh hamrohligida Jahon chempionati o'tkaziluvchi "Humo Arena"ni ko'zdan kechirishdi FOTOREPORTAJ
Sakkiz kun davomida dunyoning eng kuchli dzyudochilari "Humo Arena" tatamilarida jahon chempionati medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun o'zaro bellashadilar. Ayni paytda yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan bo'lajak dunyo birinchiligiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.
Xususan, bugun Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) mutasaddilari jahon chempionati o'tkaziluvchi "Humo Arena"ni ko'zdan kechirishdi. IJF bosh referi direktori Armen Bagdasarov va IJF Sport qo'mitasi kotibi Abdulla Muradov asosiy bellashuvlar hamda mashg'ulot o'tkaziladigan zal, kiyinish-echinish xonalari, matbuot anjumani, flesh intervyu uchun mo'ljallangan mikst-zona va boshqa musobaqaga xizmat qiladigan obektlar bilan yaqindan tanishishdi.
IJF mutasaddilari O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshida tuzilgan Ishchi guruhga o'z tavsiyalarini berishdi.
Fikrlar