15 iyu 13:42
Yangiliklar
IJF prezidenti 2022 yilgi jahon chempionati mezbonini elon qildi
Bu malumotni Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer aynan Budapeshtda o'tkazilgan Gran-pri turniri doirasida rasman tasdiqladi. Budapesht uchun bu musobaqa yangilik emas. Vengriya poytaxti 2017 yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi. O'shanda dunyo birinchiligi László Papp Budapest Sports arenasida o'tkazilgan va yakunda dzyudo vatani hisoblangan yaponiyaliklar umumjamoa hisobida 13 ta medal bilan birinchi o'rinni egallashgandi.
SHuningdek, Budapeshtda 2004 yilda yoshlar, 2009 yili kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati ham tashkil etilgan edi.
“Bu erda, yani dunyoning dzyudo poytaxtlaridan birida bo'lib turganimdan xursandman”. - dedi Vizer. Vengriya - 2017 yilgi jahon chempionati, o'smirlar va yoshlar o'tasidagi dunyo birinchiliklari, nufuzli Gran-pri turnirlarini yuqori saviyada o'tkazgan. Mamnuniyat bilan 2022 yilgi jahon chempionatining ham Budapeshtda o'tkazilishini elon qilaman”.
Fikrlar