So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

13 fev 07:03
Yangiliklar

Dzyudo

IJF rasmiylari bilan “Katta Dubulg'a”ga tayyorgarlik muhokama qilindi

Teglar :  IJFKatta Dubulg'a
5-7 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan dzyudo bo'yicha Katta Dubulg'a turniri ham tobora yaqinlashib kelmoqda.

“Humo Arena” mezbonligida Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiluvchi bunday musobaqa ilk bor yurtimizda o'tkazilayotgani unga bo'lgan tayyorgarlikning ham yuqori saviyada bo'lishini talab qiladi. Bu borada Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) O'zbekiston MOQ va O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. 

MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov musobaqalarni o'tkazish bo'yicha IJF menejeri Lisa Allan va ushbu xalqaro tashkilotda ishlayotgan hamyurtimiz Abdullo Murodov bilan musobaqa tashkiliy ishlariga bag'ishlangan qator masalalarni muhokama qilib olishdi.

Uchrashuvda Oybek Kasimov hamda Azizjon Kamilov Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirini o'tkazish, tashrif buyuradigan mehmonlar uchun qulayliklar yaratib berish masalalarini hukumatimiz qo'llab-quvvatlayotgani haqida alohida takidlab o'tishdi. 

Suhbatda Xalqaro tashkilot vakillari musobaqaning hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan talablari bo'yicha atroflicha malumot berishdi. Unga ko'ra, hozirgi musobaqalarda muxlislarning tashrif buyurishi mumkin emas. 

Kechagi uchrashuv davomida muxlislar uchun alohida yo'l qilish va “Humo Arena”ning ikkinchi qavatini tomoshabinlarga, birinchi qavatni esa sportchi va delegaciyalarning boshqa vakillariga ajratish masalasi ko'rib chiqildi.

Bu taklif so'nggi qaror emas, albatta. Yaqin vaqt ichida hukumatimiz va xalqaro tashkilot mutasaddilari mazkur taklifni atroflicha o'rganib, bu borada yakuniy fikrni aytishadi. Maqsad esa muxlislar uchun imkon qadar haqiqiy sport atmosferasini yaratib berishdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing