03 mar 12:16
Yangiliklar
IJF rasmiylarining tashrifi boshlandi + FOTO
Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada dunyoning 72 davlatidan jami 508 nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'llanmalari yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Ayni paytda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarliklar yakuniga etmoqda. "Humo" arena mehmonlarni intiqlik ila kutyapti.
Kechadan musobaqa rasmiy delegatlarining poytaxtimizga tashrifi ham boshlandi. Xususan, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) sport direktori, hamyurtimiz Armen Bagdasarov, IJF talim komissiyasi direktori Muhammad Meridja va IJF Hakamlar bo'limi direktori Daniel Laskau yurtimizga etib keldi. Ularni O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari SHoatham Isroilov kutib oldi.
Fikrlar