15 mar 18:50
Yangiliklar
Dzyudo

IJF taqvimida o'zgarish
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimida o'zgarish.
Tashkilotning avval elon qilingan yillik taqvim rejasidan o'rin olgan Parij “Katta dubulg'a” turniri bekor qilindi.
May oyida o'tishi kerak bo'lgan turnir olib tashlandi. Uning o'rniga Rossiyaning Qozon shahrida o'tadigan “Katta dubulg'a” turniri taqvimni to'ldirib turibdi. Yangi rejaga ko'ra Qozon turniri 5-7 may kunlari bo'lib o'tadi va u ham Tokio Olimpiadasi yo'lida reyting ochkolarini taqdim qiladi. SHu tariqa dzyudo bo'yicha Tokio Olimpiadasi yo'lida quyidagi yirik musobaqalar qoldi:
26-28 mart: Tbilisi “Katta dubulg'a” turniri
1-3 aprel: Antalya “Katta dubulg'a” turniri
5-7 may: Qozon “Katta dubulg'a” turniri
6-13 iyun: Budapeshtda jahon chempionati
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar