20 mar 15:39
Yangiliklar
IJF taqvimidagi Uchqun Murodov turniriga tayyorgarlik davom etmoqda FOTOREPORTAJ
1995 yildan beri muntazam ravishda tashkil etib kelingan ushbu xotira turniri pandemiya sabab 2019 va 2020 yillarda o'tkazilmadi. Bu yilgi turnir 5-8 aprel kunlari poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida bo'lib o'tadi. 5-6 aprel kunlari kadetlar (2005-2007), 7-8 aprel sanalarida yoshlar (2002-2007) o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Hozirda terma jamoamiz Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan o'rin olgan ushbu musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirayapti. Yoshlarimiz mashg'ulotda kattalar terma jamoasi azolari bilan birga shug'ullanishdi.
Hozirgacha Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi o'ndan ziyod davlat terma jamoalari Uchqun Murodov xotira turnirida qatnashish istagini bildirishgan.
Fikrlar