04 apr 14:30
Yangiliklar
IJF Turkiya Gran-Prisi oldidan hakamlar uchun seminar o'tkazdi
Unda dunyoning bugungi kundagi ko'zga ko'ringan xalqaro hakamlari ishtirok etdi. Seminarni Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) sport direktori hamda supervayzeri Florian Daniel Laskau, IJF hakamlar departamenti direktori Yan Sneyder hamda IJF hakamlar qo'mitasi bosh kotibi CHyurliya Paskuale olib bordi.
IJF kuzatuvchi referilari va shu bilan birga Olimpiada chempionlari Ketrin Fleri hamda Juzeppe Maddaloni ham bevosita tatamida tashkil etilgan amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.
Biz uchun etiborlisi, hamyurtimiz Atlanta-96 Olimpiadasi kumush medali sovrindori, hozirda IJF sport direktori lavozimida ishlayotgan Armen Bogdasarov ham ikki kun davomida IJF tomonidan tashkil etilgan seminarda qatnashdi va o'zining ko'p yillik tajribasini hakamlar bilan baham ko'rdi.
Fikrlar