29 iyu 13:13
Yangiliklar
Dzyudo
IJF vakili Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini o'rganish maqsadida Toshkentga keldi
Malumki, 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Muhtasham "Humo Arena" saroyi sakkiz kun davomida dunyoning 100 dan ziyod davlatidan tashrif buyuradigan jahon dzyudosi yulduzlari ishtirokidagi murosasiz bellashuvlarga mezbonlik qiladi.
Olimpiadadan keyingi ilk dunyo birinchiligiga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan tanishish maqsadida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) rasmiy vakili Janiti Tibor yurtimizga keldi. Janob Tibor jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi vakillari hamrohligida "Humo Arena" saroyini ko'zdan kechirdi.
Janiti Tibor asosiy bellashuvlar o'tkaziluvchi arena, mashg'ulotlar zali, dzyudochilarning kiyinish xonalari bilan yaqindan tanishdi hamda o'z tavsiyalarini berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar