06 noy 10:27
Yangiliklar
IJFning "Maktablarda dzyudo" dasturi amalda
Jumladan, O'zbekistonda ham ushbu dastur amaliyotda qo'llanilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi avvaldan tanlab olingan umumtalim maktablarida dzyudo to'garaklari faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda 5-12 yoshli bolalar dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarni o'rganishyapti.
Kuni kecha O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari poytaxtimizdagi 157-umumtalim maktabi qoshida faoliyat yuritayotgan dzyudo to'garagi bilan yaqindan tanishishdi. SHerzod Ashurov murabbiylik qilayotgan dzyudo to'garagida 200 nafardan ziyod bolalar ushbu yakkakurash turi bilan muntazam shug'ullanib kelishayapti. Bu maktab zali IJF tomonidan taqdim etilgan tatami bilan jihozlangan. Yosh dzyudochilarga kimanolar etkazib berilgan.
Fikrlar