06 jan 17:22
Yangiliklar
Dzyudo
IJF`ning Olimpiadagacha taqvimi: Toshkentda ilk bor Katta Dubulg'a turniri, Budapeshtda jahon chempionati
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Tokio Olimpiadasigacha bo'lgan davri uchun musobaqalar taqvimini elon qildi.
Etiborga molik jihati, poytaxtimiz ilk bor «Katta Dubulg'a» turniriga mezbonlik qiladi. SHu paytgacha har yili Toshkent shahrida Gran-pri turniri o'tkazib kelinayotgan edi. O'tgan yili «Humo Arena»da ushbu musobaqa muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilgach, IJF O'zbekiston uchun «Katta Dubulg'a» turnirini taqdim etdi. Musobaqa 5-7 mart kunlari o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, mavsumni 11-13 yanvar kunlari oralig'ida o'tadigan Qatar «Masters» turniri boshlab beradi. 6-13 iyun kunlari esa Olimpiadadan oldingi yilning eng nufuzli musobaqasi - Jahon chempionati o'tkaziladi. Vengriya poytaxti Budapesht shahri yana bir bor kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.
Havola :
Fikrlar