10 sen 15:19
Yangiliklar
"Ikkala variant ham alo". Dana Uayt Topuriyaning navbatdagi raqibi haqidagi savolga javob berdi
"Bizning yigitlar u bilan doimiy aloqada. Hozircha rejalarimizda u yo'q, lekin quloq soling, Topuriya jang qilishga tayyor. Biz ham uning jangini qabul qilishga tayyormiz. Jastin Getji yoki Peddi Pimblettmi? Ikkala variant ham menga yoqadi. Ularning ikkalasi ham ajoyib jangchilar. Bu janglarning qaysi biri bo'lmasin, biz hech narsa yo'qotmaymiz. Ikkala jang ham ajoyib bo'lardi, yana bilmadim.
Ha, takror aytaman, ikkala variant ham alo, lekin hozircha hech narsa aniq emas... Bu savolga nima deb javob berishni ham bilmayman. SHubhasiz, Getji bilan revansh aqlbovar qilmas darajada bo'lardi. Peddi Pimblett bilan jang esa — shunchaki dahshatli. Ayniqsa, bu ikki jangchi bir-birini qanchalik yomon ko'rishini hisobga olsak", — deya Uaytning so'zlarini keltirib o'tadi Yahoo Sports.
Eslatib o'tamiz, Getji va Topuriya o'rtasidagi jang iyun oyida UFC Freedom 250 turnirida bo'lib o'tgan va amerikalikning texnik nokaut (jangni davom ettirishdan bosh tortish) evaziga g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar