27 iyu 11:40
Yangiliklar
Tennis
Ikki ayol tennischi kelishilgan o'yinlardagi ishtiroki sabab umrbod chetlatildi
Xalqaro professional tennis etikasi agentligi (ITIA) sloveniyalik Nastya Kolar va amerikalik Aleksandra Raylini umrbod diskvalifikaciya qildi.
Har ikki tennischi kelishilgan o'yinlarni tashkil etishda qatnashgan.
Kolar 2015-2020 yillar oralig'ida 25 marotaba qoidani buzgan. Buning uchun 175 ming dollar jarimaga ham tortildi. Rayli esa bu vaqt oralig'ida 15 bor qoidaga zid ish qilgan. Unga 50 ming dollarlik jarima qo'llanildi. Ikkala aybdor ham bir umrlik tennis faoliyatidan chetlatish oldi.
Dunyoning sobiq 178-raketkasi bo'lgan Kolar o'zi ishtirokidagi 6 ta, faoliyatida 691-pog'onadan yuqoriga ko'tarilmagan Rayli esa 4 ta uchrashuvi natijasini oldindan sizdirgan.
Suratda Nastya Kolar
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar