So’nggi yangiliklar

20:28Анкалаев Костага "ответ" қилди: "Келаси ҳафтаёқ жанг қилишимиз мумкин" 0 20:05Пауло Коста: "Анкалаев чемпионлик жангидан кўра UFC`дан ҳайдалишга яқинроқ" 0 19:37Белграддаги UFC турнири оғир вазн тоифасидаги жангдан маҳрум бўлди 0 19:08Германия футбол иттифоқи вице-президенти: "Бу чегарадан чиқиш" 0 18:42Леброн Жеймс энди расман "Филадельфия" шарафини ҳимоя қилади 0 18:06Ўзбекистонда кейинги UFC жангчилари кимлар бўлиши мумкин? Жасур Алижонов жавоб берди 0 17:37Миразизбек Мирзахалилов, Ҳавасбек Асадуллаев ва яна бир боксчимиз Россияда жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:13Инфантино ФИФАга аъзо давлатларга 40 млн. доллардан "пора" таклиф қилди 0 16:44Жонгкуч Мач NBA тарихидаги энг бўйдор ўйинчига айланиши мумкин 0 16:11Хоакин Бакли UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 15:45"Дивизионда жиддий муаммо бўла олади". Даниэль Кормье Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 15:19"Реал" Родри учун 50 миллион евродан ортиқ тўлашга тайёр 0 14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0

04 avg 01:07
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Parij-2024

Ikki bokschimiz medalni naqd qildi, dzyudochilarimiz mikstda yutqazdi va boshqa natijalar (8-kun)

Teglar :  Parij-2024
3 avgust kuni Parij Olimpiadasining 8-kun bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida sportchilarimiz qayd etgan natijalar:  

Dzyudo. O'zbekiston avvaliga Kanadani mag'lub etdi. So'ngra Italiyaga mag'lub bo'ldik, bronza uchun o'tish jangida esa Koreyaga imkoniyat boy berildi. 

Akademik eshkak eshish. Anna Prakaten (B final) - sportchimiz Olimpiadani 11-o'rinda yakunladi

Velosport. Nikita Cvetkov (Veloshosse, guruh poygasi) - finishga etib kela olmadi

Boks. Abdumalik Xalokov - Xose Kuiles (Ispaniya) (57 kg, chorak final) - 5:0 g'alaba

Boks. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Nikolay Terteryan (Daniya) (71 kg, chorak final) - 5:0 g'alaba

Boks. Navbahor Hamidova - CHin Nien CHen (Xitoy Taypeyi) (66 kg, chorak final) - 0:5 mag'lubiyat.


Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH


01:01. Navbahor Hamidova chorak finalda Xitoy Taypeyi bokschisiga qarshi jang qildi va afsuski 0:5 hisobida yutqazdi. Bokschimiz juda yaxshi jang o'tkazgandi. 


20:37. Veloshosseda erkaklar o'rtasidagi guruh poygasi yakunlandi. Hamyurtimiz Nikita Cvetkov 273 km masofaga kechgan poygani oxiriga qadar yakunlay olmadi.


19:38. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev daniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!


18:45. Abdumalik Xalokov ispaniyalik raqibni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!


18:20. Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang boshlanishiga oz qolmoqda.


17:07. Dzyudochilarimiz o'tish bahsida Koreyaga 2:4 hisobida yutqazishdi. Jamoamizga Gulnoza Matniyazova va Diyora Keldiyorova g'alaba olib keldi. Irisxon Qurbonboeva, Davlat Bobonov, Alisher Yusupov va Murodjon Yo'ldoshev afsuski imkoniyatni boy berdi.


16:05. Bronza uchun o'tish bahsida Koreya Respublikasi raqibimiz bo'ladi. 


16:00. O'zbekiston Italiya 2:4 hisobida yutqazdi. Afsus. 

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Manuel Lombardo - g'alaba

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Savita Russo - g'alaba

-90 kg: Davlat Bobonov - Kristian Parlati - mag'lubiyat

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva - Alise Bellandi - mag'lubiyat

+90 kg: Alisher Yusupov - Jennaro Pirelli - mag'lubiyat

-57 kg: SHukurjon Aminova - Veronika Toniolo - mag'lubiyat



15:13. Dzyudochilarimiz Italiyaga qarshi bahsni boshlashmoqda!


15:00. O'zbekiston - Italiya to'qnashuvi uchun tarkiblar aniq: 

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Manuel Lombardo

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Savita Russo

-90 kg: Davlat Bobonov - Kristian Parlati

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva - Alise Bellandi

+90 kg: Alisher Yusupov - Jennaro Pirelli

-57 kg: SHukurjon Aminova - Veronika Toniolo



14:41. Dzyudochilarimizning navbatdagi raqibi Italiya bo'ladi.


14:40. Dzyudo. Jamoaviy bahslar. 

O'zbekiston Kanadani 4:0 hisobida mag'lub etdi.

57 kg: SHukurjon Aminova - Krista Deguchi - g'alaba

73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Artur Margelidon - g'alaba

70 kg: Gulnoza Matniyazova - Katerin Byuchemin-Pinard - g'alaba

90 kg: Davlat Bobonov - Frankos Gote - g'alaba


14:10. Dzyudochilarimizning Kanada bilan bahsi boshlanmoqda.


13:05. Akademish eshkak eshuvchimiz Anna Prakaten "B" finalida ishtirok etdi va 7:33.57 daqiqa bilan marraga beshinchi bo'lib etib keldi. U Parij Olimpiadasini 11-o'rinda yakunladi.


12:25. Terma jamoamizning Kanadaga qarshi tarkibi malum:

57 kg: SHukurjon Aminova - Krista Deguchi;

73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Artur Margelidon;

70 kg: Gulnoza Matniyazova - Katerin Byuchemin-Pinard;

90 kg: Davlat Bobonov - Frankos Gote;

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva - Laura Isasi;

+90 kg: Alisher Yusupov - SHadi Elnahas.


12:00. Dzyudoda mikst bahslari o'tkazilmoqda. O'zbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi bahsi boshlanishiga hali vaqt bor. 


Reyting:    

Fikrlar

   
03 avg 16:41:56
.Sherzod.
Bobonov xalqaro musobaqalarda 2 yildan beri yutqazyabdi Parijdaxam chichishda davom etyabdi, bu g‘ururi yo‘q itni terma jamoadan yo‘qotish kerak
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing