08 iyu 15:15
Yangiliklar
Dzyudo

Ikki dzyudochimiz Budapesht “Katta Dubulg'a” turnirini g'alaba bilan boshladi
Biroz avval Vengriya poytaxti Budapesht shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi.
Hamyurtimiz Mirzohid Mahamajonov ilk uchrashuvini o'tkazdi. -60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirzohid ozarbayjonlik Rovshan Alievni vazari bahosi evaziga taslim etdi. Uning keyingi davradagi raqibi franciyalik Romeyn Valadier bo'ladi.
Rahimjon Subxonov (-66 kg) ham musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Subxonov ozarbayjonlik Yashar Najafovdan ustun keldi. Endi Rahimjon italiyalik Mattia Mikeliga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar