So’nggi yangiliklar

11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

24 noy 15:42
Yangiliklar

Dzyudo

Ikki dzyudochimiz Osakadagi “Katta Dubulg'a” turniri sovrindori bo'ldi

Xabar berganimizdek, Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

-90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz Davlat Bobonov hozirgina yakuniga etgan musobaqaning final uchrashuvida gruziyalik Beka Gviniashviliga qarshi tatamiga chiqdi. 

Afsuski, finalda shu yilgi Zagreb Gran-prisi g'olibi, Ekaterinburg “Katta Dubulg'a” turniri kumush medali sovrindorining qo'li baland keldi. Bobonov musobaqaning kumush medali hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli 700 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.   

Malumot uchun, Davlat Bobonov finalga qadar shu yilgi Parij “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, 2017 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, koreyalik Gvak Dong Xan, yaponiyalik Sanshiro Murao, amerikalik Jon Jeyn, chexiyalik Devid Klammert, amaldagi jahon chempioni, o'tgan yilgi Osaka turnirining kumush medali sovrindori, shu yilgi Ekaterinburg “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, gollandiyalik Van T End Noelni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

+100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz Alisher Yusupov esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda shu yilgi Dyusseldorf hamda Braziliya “Katta Dubulg'a” turnirlari g'olibi, yaponiyalik Daygo Kagavani mag'lubiyatga uchratdi. 

Malumot uchun, eng og'ir vaznli dzyudochimiz birinchi davrada Evropa chempioni, ko'plab Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlar g'olib va sovrindori, rossiyalik Ruslan SHaxbazov, ikkinchi bosqichda avstriyalik Stefan Xegidan ustun kelgandi. CHorak finalda yaponiyalik Yusuke Kumashiroga yutqazgan Yusupov o'tish bahsida 18-Osiyo o'yinlari g'olibi Kim Sang Minni mag'lub etgan edi. 

Ushbu ishtirok orqali Alisher Yusupov bronza medali hamda qimmatli 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing