So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

26 mar 16:06
Yangiliklar

Dzyudo

Ikki dzyudochimiz Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri finaliga yo'l oldi!

Teglar :  DzyudoNurillaev
Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turniri o'tkazilmoqda.

Quvonarlisi, bugungi kun janglarida ikki nafar dzyudochimiz finalga yo'l oldi. 

-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kemran Nurillaev musobaqa davomida Avstraliya, Marokash, Tojikiston va Rossiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. U kechki dastur janglarida oltin medal uchun gruziyalik Temur Nozadzega qarshi bahs yuritadi. 

Ushbu vazndagi boshqa bir sportchimiz SHarofiddin Lutfullaev esa ilk jangidayoq tojikistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

-66 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Sardor Nurillaev bahslarda Qozog'iston, Belgiya, Misr va Mo'g'uliston vakillarini taslim etib, finalga etib keldi. U kechki dasturda oltin medal uchun gruziyalik Vaja Margvelashviliga qarshi tatamiga chiqadi. 

Mazkur vazndagi boshqa bir hamyurtimiz Muhriddin Tilovov Belarus, Rossiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa moldovalik raqibga yutqazdi. Bronza medali uchun o'tish jangida esa gruziyalik polvonga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
26 mar 16:09:15
Mansur Baltaev
Ака ука Нуриллаевлар топ !
   
26 mar 16:26:49
.Sherzod.
Otasiga raxmat shu bollalarni bu haqiqiy mehnatni kuchi lekin finaldaxam jiddiy raqiblar kutub turubdi, yulduzni quchoqlavogan sharofiddin Lutfullayev afsus shu bola ketma ket beshinchi musobaqani dastlabki bosqichdan sharmandali tark etmoqda , finalda vatandoshlarimizga omad
   
26 mar 16:26:49
.Sherzod.
Otasiga raxmat shu bollalarni bu haqiqiy mehnatni kuchi lekin finaldaxam jiddiy raqiblar kutub turubdi, yulduzni quchoqlavogan sharofiddin Lutfullayev afsus shu bola ketma ket beshinchi musobaqani dastlabki bosqichdan sharmandali tark etmoqda , finalda vatandoshlarimizga omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing