24 avg 14:18
Yangiliklar
Engil atletika
Ikki engil atletikachimiz JCHdagi ishtirokini yakunladi
Engil atletikachilarimiz Anvar Anvarov va SHarifa Davronova Vengriya mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Anvarov berilgan 3 imkoniyatdan unumli foydalana olmadi va musobaqani hech qanday natijasiz tugatdi.
16 yoshli Davronova esa uch hatlab sakrash sektorida 13.66 metrga sakray oldi. Bu saralashdagi 24-natija bo'ldi va final uchun etarli bo'lmadi. Mazkur dasturda eng past natija bilan finalga yo'l olgan sportchining ko'rsatkichi 14.13 metrni tashkil etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar