21 iyu 08:48
Yangiliklar
Ikki erkin kurashchimiz oltin, yana biri bronza uchun gilamga chiqadi + FOTO
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari har uchchala yo'nalishda yurtimiz sharafini himoya qilyaptilar. Bugun ayollar kurashi bahslari start olsa, erkin kurashchilar aksincha, o'z ishtiroklarini yakunlashadi.
Kechagi saralash bellashuvlarida Latif Xalimov va Asror Xo'jamurodov murabbiyligidagi erkin kurashchilarimizdan uch nafari jahon chempionatining medallari uchun gilamga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Bugun jahon chempionatining hal qiluvchi final bellashuvida Nodirbek Jumanazarov (51 kg) eronlik, Kamronbek Qadamov (60 kg) esa hindistonlik raqibiga qarshi gilamga chiqadi. Umidjon Iskandarov (45 kg) esa bronza medali uchun ozarbayjonlik sportchiga qarshi kurashadi. 110 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Aynazar Bazarbaev bronza medali uchun bo'lib o'tgan bahsda yutqazib qo'ydi.
Fikrlar