07 sen 15:58
Yangiliklar
Paralimpiya
Ikki marta Paralimpiya rekordini yangilagan Roza Qo'zieva kumush medalga ega chiqdi
Parij shahrida Paralimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Musobaqaning para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Roza Qo'zieva 147 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.
Qayd etish lozimki, Roza bahslar davomida ikki marotaba paralimpiya o'yinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. Lekin braziliyalik Mariana D'Andrea 148 kg natija bilan yakunda eng yaxshi natijani ko'rsatib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Roza Qo'zieva Tokio Olimpiadasida ham kumush medalga sazovor bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar