01 dek 14:01
Yangiliklar
Ikki nafar karatechimiz Jahon chempionatida shohsupaga ko'tarildi
Musobaqaning kechagi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun anchayin muvaffaqiyatli kechdi.
Ayollar o'rtasida 50 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan vakilamiz Gulshan Alimardonova kechagi bahslar davomida Jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. Bu tarixiy natija. SHu paytga qadar Jahon chempionatida hamyurtimiz Dastonbek Otabolaev oltin medalini qo'lgan kiritgan bo'lsa, endi Gulshan Alimardonova o'z nomini tarixga bitib qo'ydi.
Gulshan yurtimiz ayol karatechilari orasida birinchi Jahon chempioni sifatida ham tarixda qoladi.

Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz — Abdulvahob Rashidov musobaqada bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu natija orqali u jamoamiz hisobiga ushbu chempionatdagi ikkinchi medalni yozib qo'ydi.

Fikrlar