So’nggi yangiliklar

13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0

21 dek 16:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Ikki vaznda chempion bo'lgan Aleks Pereyra uchinchi vaznga o'tadimi?

Teglar :  Aleks PereyraUFC
O'rta vaznda sobiq, yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra o'zini yangi divizionda sinab ko'radimi?

U kuni kecha og'ir vaznning mashhur jangchilaridan biri Siril Gan bilan face to face marosimida yuzma-yuz kelgandi. 

"Ayni paytda bu mening rejalarimga kirmagan", - deya braziliyalikning so'zlarini keltiradi MMA Fighting. "O'zi yaqinda yarimog'ir vaznga o'tdim va hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Yarimog'ir vaznda chempion bo'ldim. Demak, to'g'ri yo'ldaman. SHunday ekan, yaqin orada vaznimni o'zgartirmayman. Hozir 36 yoshdaman. Agar tanam, ahmoq, sen boshqa yarimog'ir vaznda jang qila olmaysan" deb aytsa, shunda balki og'ir vaznga o'tarman".

Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra shu yilning aprel oyida o'rta vazn toifasidagi UFC kamarini boy bergandi. Revansh jangining ikkinchi raundida Israel Adesanya Pereyrani nokautga uchratgan edi. SHundan keyin braziliyalik yarimog'ir vazn toifasiga ko'tarildi va davogarlar jangida Yan Blaxovichni hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. O'tgan oyda esa u Irji Proxazkani texnik nokautga uchratib, yarimog'ir vazn chempioniga aylandi.

Aleksning navbatdagi raqibi ushbu divizionning sobiq chempioni Jamal Xill bo'lishi mumkin. SHuningdek, Magomed Ankalaev va Jonni Uoker o'rtasidagi jang g'olibi ham Pereyraning raqibiga aylanish ehtimoli bor. Ushbu davogarlar jangi 13 yanvar kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 234 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing