So’nggi yangiliklar

18:17"UFC Тошкентга келишига умид қиламан" - Богдан Гусков 0 17:55"Агар ММА бўлмаганида, мен отам каби қурувчи бўлардим" - Арман Царукян 0 17:31U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистоннинг Индонезияга қарши бошланғич таркиби маълум 0 17:17Богдан Гусков: "Бу номни эслаб қолинг" 0 16:55Канело яна Дмитрий Бивол билан реванш ҳақида гапирди 0 16:32"Наполи" "Реал" юлдузини ижарага олмоқчи 0 16:10Махачев Порье ҳақида: "У афсона" 0 15:48Мадрид. Александр Зверев ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 15:24Шумков: "Тез орада ўзбекистонлик жаҳон чемпиони билан IBA камари учун жанг қиламан" 0 15:02Кейн 2 та рекорд ўрнатди 0 14:40Собиқ UFC чемпиони жиу-житсу бўйича қора белбоғ қўлга киритди + ФОТО 0 14:19Mutua Madrid Open. Соболенкога 183-ракеткани мағлуб этиш учун 150 дақиқа керак бўлди 0 13:57UFC'чилар ўқимасин! Майк Перри BKFC'да кечаги жанги орқали даҳшатли сумма ишлаб олди 0 13:35"Ливерпуль"нинг янги устози Салоҳнинг келажаги борасида бир қарорга келди 0 13:13Rizin 46. Илҳом Назимов рақибини техник нокаут эвазига мағлуб этди 0

27 iyu 06:52
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki yunon-rum kurashchimiz jahon chempionati finalida!

Italiya poytaxti Rim shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyo birinchiligining ikkinchi kuni yunon-kurashi bo'yicha bellashuvlar davom ettirildi. Biz uchun ahamiyatlisi, kecha kurashga kirishgan uch klassigimizdan ikki nafari finalgacha barcha raqiblarini engib, jahon chempionligi uchun gilamga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. 

45 kg vaznda kurashayotgan SHahzod Ro'zioxunov 1/4 finalda ozarbayjonlik Huseyn Savadovni 11-3, 1/2 finalda ruminiyalik Ionut Mereutani 9-0 hisobida dog'da qoldirdi. Bugun u oltin medal uchun bellashuvda ukrainalik Evgen Pokovbaga qarshi gilamga chiqadi. 

51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aytjan Xalmaxanov 1/8 finalda Amare Fetene (Isroil) 4-1, 1/4 finalda Vadat Gasimli (Ozarbayjon) 12-4, 1/2 finalda esa Anri Xozrevanidze (Gruziya) ustidan 8-0 hisobida ustun keldi. Uning bugun jahon chempionligi uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibi Muhammadrizo Golami (Eron) bo'ladi.   

Afsuski, 71 kg vazndagi terma jamoamiz azosi Amirshoh Vahobov 1/16 finalda ukrainalik Maksim Radikka imkoniyatni boy (0-9) berib qo'ydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing